Geri Keyxill: “Chelsi” “Fulxem”ni yutishi shart”

Tolibjon Qosimov
20 sen 2013
“Chelsi” klubi himoyachisi Geri Keyxill, Angliya chempionati 5-turida “Fulxem”ga qarshi o'yin arafasida, jamoa so'nggi omadsiz o'yinlari uchun muxlislar oldida o'z aybini yuvishi uchun bo'lajak o'yinda g'alaba qozinishi shartligini aytib o'tdi.
Uning so'zlariga ko'ra “ko'klar” faqat va faqat g'alaba uchun maydonga tushishlari kerak ekan. Eslatib o'tamiz “Chelsi” o'tgan ikki o'yinda mag'lubiyatga uchragan: Angliya chempionati doirasida “Evertonga” qarshi o'yinda (0:1) va Chempionlar ligasi doirasida “Bazel”ga qarshi o'yinda (1:2).

-Biz “Fulxem”ni mag'lub etishimiz shart. Jamoa muxlislar oldidagi aybini yuvishi kerak. Biz o'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'rayapmiz va shanba kunga o'yinda maydonga faqat g'alaba uchun chiqamiz, - Keyxillning so'zlarini keltiradi The Telegraph. 

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru