Genichning O'zbekiston - Janubiy Koreya o'yinini qaysi kanal uchun sharhlashi ma'lum

Aslanov Jasurbek
5 sen 2017, 01:05
Rossiyaning "Match TV" kanali sharhlovchisi Kostantin Genich Toshkentga yetib keldi.

Bizga ma'lum bo'lishicha, Genich O'zbekiston - Janubiy Koreya terma jamoalari o'rtasidagi o'yinni bevosita "Bunyodkor" stadionidan sharhlaydi. Ushbu sharh "O'zbekiston 24" hamda UZ HD telekanallari orqali efirga uzatiladi. 

Genich Toshkentga uchishi oldidan o'zining "Tvitter"dagi sahifasida shunday xabar qoldirgandi: 

"Sen bilan dunyoning yarmini aylanib chiqdik, biroq har safar uyni sog'inaman... O'zbekistonni JCH-2018ga olib chiqish uchun Toshkentga uchyapman".



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia