"Gelaksi" murabbiyi Zlatanni Messi va Ronalduga tenglashtirdi

Mirjalol Normatov
1 may 2019
"Los-Anjeles Gelaksi" bosh murabbiyi Gilermo Barros hujumchi Zlatan Ibragimovich haqida gapirdi.

"Zlatan hozir ham Messi va Ronaldu bilan bir darajada deb o'ylayman.

U kabi futbolchilarni tarkibdan chiqarib yuborish qiyin. Zlatan ajoyib.

Jarima maydonchasi ichiga Zlatanga pas berishimizdan oldin u gol urishini bilamiz. U shunda qilishi ham kerak.

Darvozabon bilan birga bir holatga chiqqanida ham xotirjamlikni saqlay oladi va kerakli qarorni qabul qiladi", - dedi murabbiy.

37 yoshli Ibragimovich bu mavsum MLSdagi 7 o'yinida 8 gol urdi va 1 bora assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: FOX