Gazizov O'runovning transferi bilan bog'liq savolga javob berdi

Aziz Tukhtamuradov
21 may 2021
"Ufa" bosh direktori Shamil Gazizov Oston O'runovni xarid qilish bilan bog'liq savolga javob berib o'tdi.

"O'runovning transferi bo'yicha hozircha xech qanday o'zgarish yo'q. Jamoa Podmoskoveda birinchi yig'inni o'tkazadi. Keyin esa ko'ramiz", - dedi Gazizov. 

Eslatib o'tamiz, Oston ayni paytda huquqiy jihatdan "Spartak" futbolchisi hisoblanadi va ijara asosida "Ufa" sharafini himoya qilmoqda. 

Avvalroq "Ufa" O'runovning transferini to'liq sotib olmoqchi ekanligi, ammo "Spartak" o'zbekistonlik futbolchi uchun 3 million dollar so'ragani haqida xabarlar tarqalgandi. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: «Спорт-Экспресс»