Gayya "Valensiya" bilan shartnomani uzaytirmoqchi

Alisher
26 noya 2021, 16:10
"Valensiya" himoyachisi Xose Gayya klub bilan shartnomani uzaytirmoqchiligini ma'lum qildi.

"Men doim aytganman, "Valensiya" - mening uyim va eng sevimli jamoam. Menga bu yerda juda ham qulay. 2023 yilga qadar mo'ljallangan shartnomam bor, ammo biz yangi kelishuv bo'yicha muzokaralarni boshladik", - deydi Gayya.

Gayya 2021/22 yilgi mavsum "Valensiya" tarkibida 10ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 2ta assist qayd etdi.

Transfermarkt ispanni 35 million evroga baholamoqda. Oldinroq 26 yoshli futbolchiga "Barselona" qiziqayotgani haqida xabar berilgan edi.


AlisherMuallif
Manba: Goal