Gavi kutilganidan tezroq safga qaytadigan ko'rinadi

Omonjon To`xtamirzayev
7 iyun 2024, 17:35
"Barselona" va Ispaniya termasi yarim himoyachisi Gavining tizzasidagi jiddiy jarohatidan keyingi tiklanish jarayoni kutilganidan yaxshiroq tempda ketmoqda.

Ma'lum bo'lishicha, futbolchi mashg'ulot zalida shug'ullanishni boshlab yuborgan.

Gavi yugurish mashqlari, sakrash va kuchga yo'naltirilgan mashqlarni bajarayotgani aytilmoqda. Ko'pchilik, Gavining tizzasi dosh berayotgan og'irlik va tiklanish tezligidan hayratlanmoqda. Hozircha Gavi yangi mavsumning ilk rasmiy o'yiniga tiklanib ulguradimi yoki yo'q, degan savolga aniq javob yo'q. Ammo jamoadagilar kelajakka umid bilan qarashmoqda. Shunga qaramay, tiklanish jarayonini tezlashtirish uchun har qanday ta’sir ko'rsatish niyatidan yiroqlar. "Barselona" uchun asosiysi Gavi 100% tayyor bo'lishi hisoblanadi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: sport.es