Gavi himoya shlemida o'ynamoqda. Futbolchi o'ng qulog'ini tiktirdi

Omonjon To`xtamirzayev
6 sen 2023
"Barselona" va Ispaniya termasi yarim himoyachisi Gavi himoya shlemida mashg'ulotlarda harakat qilmoqda.

Futbolchi La Liga doirasida "Osasuna"ga qarshi bahsda (2:1) qulog'ini shikastlab olgandi. Natijada, Gavinning qulog'iga bir nechta chok tushgan.

Gavi ayni damda Ispaniya termasi ixtiyorida va Yevropa chempionati-2024 saralashi doirasidagi Gruziya hamda Kiprga qarshi uchrashuvlarga tayyorlanmoqda.



Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Твиттер ESPN FC