Gattuzo qachon "Milan"dan kyetishi ma'lum bo'ldi

Aslanov Jasurbek
27 dek 2018
"Milan" rahbariyati Jennaro Gattuzoni iste'foga chiqarib borasida yakuniy qarorni qabul qildi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Italiyalik mutaxassisning klubdagi taqdiri hal. Gattuzo SPALga qarshi A Seriyaning 19-tur o'yinidan so'ng iste'foga chiqariladi.

Oldinroq Gattuzo "Milan"da qolish uchun "Frozinone" va SPALni mag'lub etishi kerak edi, ammo rossonerlar birinchi raqibni taslim eta olishmadi. SPAL bilan o'yin 29 dekabr kuni bo'lib o'tadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Calciomercato.com