Gattuzo: "Messining qilayotgan ishlarini faqatgina "PlayStation"da ko'rishimiz mumkin"

Mirjalol Normatov
24 fev 2020
"Napoli" bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo YCHL 1/8 finali doirasida "Barselona"ga qarshi o'yindan oldin Leo Messi haqida gapirdi.

"Messini qanday qilib yopamiz? Bilmadim. Gap faqatgina bizda emas.

Insinening aytishiga ko'ra, Messi nafaqat maydonda, balki maydon tashqarisida ham ajoyib futbolchi. U buyuk.

Uning qilayotgan ishlarini faqatgina "PlayStation"da takrorlashimiz mumkin", - dedi Gattuzo.

"Barselona" va "Napoli" jamoalari ishtirokidagi ilk o'yin 25 fevral tunida soat 01:00da "San Paolo" stadionida start oladi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport