Gattuzo: “Lacioga qarshi jangovar o'yin ko'rsatdik”

14 apr 2019, 07:23
“Milan” bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo A seriya 32-turida “Lacio” (1:0) ustidan qozonilgan g'alabadan keyin o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Lacio”ga qarshi o'yinlarda bor kuch bilan o'ynash talab etiladi. Sen tezroq, kuchliroq va aqllliroq bo'lishing lozim. Futbolchilari “Milan” sharafini himoya qilayotganliklarini unutmasliklari lozim. Ushbu o'yinda biz jangovar o'yin namoyish etdik, bundan mamnunman. Yigitlarni katta mehnat evaziga qozonilgan ajoyib g'alaba bilan tabriklayman.

Maydondagi tortishuv? Chetdan turib kuzatib, ayrim vaziyatlarda har ikkala jamoa a'zolari biroz qiziqqonlik qilishdi. Muhimi o'sha vaziyatlar jiddiy tortishuvlarga aylanib kyetmadi. Men futbolchi bo'lganimda  o'sha vaziyatlarda raqibni quyushqondan chiqishiga sabab bo'ladigan vaziyatlarni sodir etishim mumkin edi, ammo endi men ham qaridim”  dey Gattuzoning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Calciomercato


Manba: Calciomercato