Gattuzo: "Birinchi bo'limdagi o'yin yoqmadi"

Aslanov Jasurbek
23 fev 2019, 11:57
"Milan" bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo A Seriya doirasida "Empoli"ga qarshi o'yin haqida gapirdi.

"Birinchi bo'limdagi o'yin menga yoqmadi. To'p bilan bo'lgan bo'lsak ham, raqib darvozasi oldida xavfli vaziyat yarata olmadik. Shu boisdan jaxlim chiqdi. Tanaffusdan keyin yaxshiroq o'yin ko'rsata boshladik. Har bir o'yinda g'alaba uchun intilamiz", - dedi Gattuzo.

Uchrashuvda milanliklar 3:0 hisobida g'alabaga erishishdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal