Gasperini: "Rasmusning ketmasligini istardim"

Mirjalol Normatov
23 iyul 2023
"Atalanta" bosh murabbiyi Jan-Pero Gasperini hujumchi Rasmus Xoylundning "Manchester Yunayted"ga kyetishi ehtimoli haqida gapirdi.

"Xoylund va "Manchester Yunayted"? Bazida Siz tanlov qilasiz, bazida esa agentlar... Biz barchamiz esa moliyaviy tomonni hisobga olamiz. U bu erda baxtli. Albatta, uning qolishini istardim, biroq qachondir katta qarorlarni chiqarish kerak bo'ladi", - dedi Gasperini.

Oldinroq "Manchester Yunayted" va PSJ daniyalik hujumchi uchun 60 mln evrodan tashqari, bonuslar ham taklif qilgani borasida ma'lumotlar tarqagandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport