Gasperini "Milan"ning Italiya chempionligiga loyiq ekanligini aytdi

Alisher
16 may 2022
"Atalanta" A Seriya 37-tur doirasida "Milan" (0:2)ga mag'lub bo'ldi.

Jan Pero Gasperini jamoasining mag'lubiyati haqida o'z fikrlarini bildirdi.

"Milan" juda kuchli o'ynadi, ular "Inter" kabi titulga loyiq. Bular eng yaxshi ikki klubdir. Biz ham yomon o'ynamadik, ikkinchi golgacha o'yinda edik. Ammo, undan so'ng bizga qiyin bo'lib ketdi, ammo "Milan"ga muammo tug'dirishga ulgurdik", - deydi Gasperini.

"Inter" A Seriyada 81 ochko bilan "Milan"dan ikki ochko ortda qolgan holda ikkinchi o'rinda bormoqda. "Atalanta" esa sakkizinchi o'rinda.

"Inter" 38-turda "Sampdoriya" bilan uchrashadi, "Milan" esa "Sassuolo" bilan.


AlisherMuallif
Manba: DAZN