"G'aroyib odamlar" filmi rejissyori "Brentford" egalaridan biriga aylanmoqchi

Sherzod Nurmatov
26 iyun 2025
"Brentford" futbol klubi rahbariyati britaniyalik janubiy afrikalik biznesmen Geri Labner va angliyalik kinorejissyor Metyu Von bilan Angliya Premer-ligasi klubiga minoritar sarmoyalar borasida muzokaralar olib bormoqda.

Bu haqda "The Athletic" xabar berdi.

Von Britaniyaning "G'aroyib odamlar" filmi rejissyori, shuningdek, "Kingsman" franshizasining yaratuvchilaridan biri sifatida tanilgan. 

"Brentford" 2021/22 yilgi mavsumdan beri APLda o'ynamoqda. Jamoa o'tgan mavsum turnir jadvalida 10-o'rinni egallagandi.

Mavsum oralig'ida bosh murabbiy Tomas Frank jamoani tark etib, "Tottenxem"ga yo'l oldi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Athletic