Gari Nevill: "Trent APL tarixidagi eng yaxshi o'ng qanot himoyachisi bo'la oladi"

Mirjalol Normatov
26 noya 2023
"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Gari Nevill "Liverpul" himoyachisi Trent Aleksandr-Arnoldni maqtadi.

"Bazi vaqtlarda Trentni ko'p tanqid qilib turaman. Lekin u ajoyib futbolchi, to'pni yaxshi boshqara oladi, buni siz unchalik ko'rmaysiz.

"Manchester Siti"da to'pni oshirib beradigan, zarba yo'llaydigan yaxshi futbolchisi bor - jarohatlangan de Bryuyne. Trent esa uning darajasida  va u o'ng qanot himoyachisi! U shunchaki klassik o'ng qanot himoyachisi emas, u butun bir qanot uchun mas'ul. Agarda u faqatgina himoyaga mas'ul bo'lganida uning "Siti"ga qarshi o'yindagi himoyalanishi yanada yaxshiroq bo'lardi.

Unda APL tarixidagi eng yaxshi o'ng qanot himoyachisi bo'lish uchun etarlicha imkoniyati bor. Shunchaki u himoyaga bo'lgan mas'uliyatini oshirishi kerak", - dedi Gari Nevill.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia