Gari Nevill: "Erik ten Xag - fantastik murabbiy"

Mirjalol Normatov
31 okt 2023
"Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi Gari Nevill mankunianliklarning inqirozi haqida gapirdi.

Dastlabki 10 turdan keyin MYU APL turnir jadvalida 8-o'rinni band etib turibdi.

"Erik ten Xag - fantastik murabbiy, bu borada bahslashish shart emas. Joze Mourinyu ham zo'r murabbiy, bu bilan ham bahslashib bo'lmaydi. Ular nima sababdan klublarida omadsizlikka uchrashmoqda? Savolimga javob bera olasizmi?

Gap ularning murabbiylik salohiyatida emas. Ular shunchaki jamoani topshirib: "O'zim istagan darajaga eta olmadim", deyishlari ham mumkin. Biroq bu erda gap klublarning madaniyati haqida ketmoqda", - dedi Nevill.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports