Garet Sautgeyt: “Hammasini chetlatish va penalti barbod qildi”

Angliya terma jamoasi ustozi Daniyaga qarshi bahsdan (0:1) so'ng fikrlari bilan bo'lishdi.

“Futbolchilarimning o'yinidan faxrlanaman. Tarkibda 11 kishi bo'lganda qoyilmaqom o'ynab raqibga ayniqsa o'ng qanotda katta muammolar yaratib turgandik, biroq hammasini chetlatish va penalti barbod qildi”, - deydi Sautgeyt.

Eslatib o'tamiz, Daniyaga qarshi bahsning 31-daqiqasida Harri Maguayr ikkinchi sariq kartochkani olib maydonni tark etdi.


Manba: Sport Express