

- Uels terma jamoasining Yevropa chempionati final bosqichiga yo'l olgani bu Yevropa chempionlar ligasida g'olib bo'lish bilan teng, deganman. Bu fikrimda qolaman. Sababi, Uels Yevropa chempionatida ishtirok etishi bu mamlakatimiz uchun juda katta yutuq. Bu voqeani futbolchilik faoliyatimdagi eng yaxshilar qatorida yodda olib qolaman. Bu bilan Fransiyada shunchaki nomiga ishtirok etish uchun kelganmiz, demoqchi emasman. Kim bilan o'ynashimizdan qatiy nazar, biz faqat g'alaba uchun kurashamiz. Bizning maqsad oddiy - har o'yinda g'alaba qozonish. Agarda shu ro'sinda davom etadigan bo'lsak, unda Yevropa chempioniga aylanamiz. Fransiyaga o'zimizning nimalarga qodir ekanliginimizni ko'rsatish uchun keldik.



