

32 yoshli yarim himoyachi "Everton" safiga "Manchester Siti"dan yozgi transferning so'nggi kunlarida kelib qo'shildi.
"Chelsi"ga qarshi o'yin yangi klub safida debyutni o'tkazish uchun ajoyib imkon" –– deya Berri so'zlaridan Sky Sports iqtibos keltirmoqda.
"Biroq bu o'yinda kim maydonga tushishini murabbiy hal qiladi. Men anchadan buyon o'yin amaliyotisiz qolib ketyapman. Biroq o'zimni juda yaxshi his qilyapman. Bu mavsumda o'z imkoniyatlarimning eng yuqori ko'rsatkichida o'ynay olishimni his qilib turibman", dedi Garet.
"Everton" – "Chelsi" uchrashuvi 14 sentyabr kuni, Toshkent vaqti bilan 21:30da boshlanadi.



