G'arbiy Osiyo chempionati. Saudiya Arabistoni yirik hisobda yutqazdi va guruhda so'nggi o'rinni egalladi

Eldor Akmurzayev
11 avg 2019
G'arbiy Osiyo chempionatining B guruhidan o'rin olgan so'nggi tur uchrashuvida Saudiya Arabistoni terma jamoasi Iordaniyaga to'qnash keldi.

Erve Renar shogirdlari raqiblariga yirik 0:3 hisobida yutqazib qo'yishdi. Bahsda gollarni Sayid Al Murjan, Yusuf Rashodshoh hamda Feras Shelbaieh urishdi. Shu tariqa, ikkala terma jamoa ham musobaqadagi ishtirokini guruh bosqichidayoq yakunlashdi.

Ayni daqiqalarda B kvarteti peshqadamligi uchun Quvayt hamda Bahrayn o'rtasida uchrashuv o'tkazilmoqda.

Toshkent vaqt bilan bugun va ertaga esa A guruhidan o'rin olgan so'nggi tur bahslari bo'lib o'tadi.

11 avgust, 21:30

Falastin – Suriya

12 avgust, 00:30

Iroq – Yaman


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.asia