G'anisher Ismoilov: "Barcha jamoa bilan qachondir o'ynashimiz kerakku"

Narzulla Saydullayev
24 dek 2013, 15:10
O'FF majlislar zalida bo'lib o'tgan qur'a tashlash marosimidan so'ng klub rasmiylarini so'roqqa tutdik.
Bu borada dastlab "Navbahor" klubi rahbarlaridan biri G'anisher Ismoilovga yuzlandik.

- O'zingiz guvohi bo'lganingizdek qur'a tashlash marosimi yaxshi o'tdi. Chempionat qur'asiga kichik o'zgartirish kiritildi. Bu qanchalik foyda keltirishini vaqt ko'rsatadi.

- 1-turda o'z maydonimizda “Lokomotiv”ni qabul qilamiz. Oson bo'lmasligi aniq. Hamma jamoa bilan baribir qachondir o'ynashimiz kerakku.  Shuning uchun bu borada etiroz bo'lishi mumkin emas.

1-turni qayta tamirlangan stadionimizda o'tkazish imkoniyatimiz juda ham past.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia