

Uchrashuvning 49-daqiqasida Muhammad Kudus Ganani hisobda oldinga olib chiqdi. Oradan ikki daqiqa o'tgach mezbonlar hisobni tenglashtirishdi - 1:1. Uchrashuv oxirigacha mana shu hisob saqlanib qoldi va Gana safardagi durang evaziga Afrika kubogi final bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.
5-turdan so'ng Gana va JAR hisobida 10tadan ochko bo'ldi. Uchinchi o'rindagi Sudan hisobida 9 ochko bor. So'nggi turda Sudan va JAR o'zaro o'yin orqali ikkinchi yo'llanma egasini aniqlashadi.
JAR - Gana 1:1
Gollar: Tau 51 - Kudus 49





