Gamshik ertagayoq Xitoy jamoasiga o'tishi mumkin

Aziz Tukhtamuradov
3 fev 2019
"Napoli" futbolchisi Marek Gamshik ertagayoq Xitoyning "Dalyan Ifan" jamoasi a'zosiga aylanishi mumkin.

Ma'lum bo'lishicha, slovakiyalik futbolchi jamoadoshlariga "Napoli"dan ketayotganini ma'lum qilgan.

U 12 yildan buyon neapolliklar sharafini himoya qilib keladi. Gamshik klubda o'yin o'tkazish va gollar kiritish bo'yicha rekordchi hisoblanadi.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Il Matino