Gameyro: "Valensiya" "Liverpul"dan namuna olishi kerak"

Aslanov Jasurbek
9 may 2019, 14:20
"Valensiya" hujumchisi Kevin Gameyro "Arsenal"ga qarshi bo'ladigan Yevropa ligasi yarim final javob uchrashuvi haqida fikr bildirdi.

"Hisob 2:1 qolganida bizga osonroq bo'lardi. Mehmondagi gol bu bahsda muhim ahamiyat kasb etishi mumkin. Nima bo'lishidan qatiy nazar bunga yopishib olmasligimiz kerak. "Liverpul"dan namuna olishimiz lozim" - deydi Gameyro.

"Liverpul" "Kamp Nou"da bo'lib o'tgan Chempionlar ligasi yarim final ilk o'yinida 0:3 hisobida mag'lub bo'lgan edi. "Qizillar" javob uchrashuvida 4:0 hisobida g'alaba qozonib, final yo'llanmasini naqd qilishdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: L’Equipe