Galte Saudiya Arabistoni va Qatar klublaridan taklif oldi

Sherzod Nurmatov
8 iyul 2023
PSJ sobiq bosh murabbiyi Kristof Galte Yaqin Sharqdagi faoliyatini davom ettirishi mumkin, deya xabar berdi jurnalist Nikolo Skira.

Manba bergan xabarga ko'ra, 56 yoshli fransiyalik mutaxassis Saudiya Arabistoni va Qatar klublaridan taklif olgan. Avvalroq u Saudiya Arabistonining "Al Shabab"i bilan muzokaralar olib borgandi.

Avvalroq PSJ 2022/23 yilgi mavsumdan boshlab jamoani boshqargan Galte bilan shartnomani bekor qilgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira