Galte - "Nicca" yangi bosh murabbiyi

Alisher
29 iyun 2021
O'tgan mavsum "Lill"ni chempion qilgan murabbiy Kristof Galte o'ziga yangi ish topdi.

54 yoshli fransiyalik mutaxassis "Nicca" ustozi etib tayinlandi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda. Bitim shartlari oshkor etilmayapti.

Eslatib o'tamiz, Galte so'nggi to'rt mavsum davomida "Lill" bosh murabbiyi bo'lib faoliyat yuritdi.

"Nicca" o'tgan mavsum Fransiya chempionati doirasida 52 ochko jamg'ardi va yakunda jadvalda 9-o'rinni egalladi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/ogcnice_eng