Galte 81-daqiqada Messini o'zgartirgani haqida: "U charchagani uchun almashtirildi"

Sherzod Nurmatov
6 okt 2022
PSJ bosh murabbiyi "Benfika" bilan o'yinda (1:1) Lionel Messi nima uchun almashtirilganini aytdi.

Argentinalik futbolchi Chempionlar Ligasi doirasidagi bahsning 81-daqiqasida maydonni tark etdi.

“U juda ko'p yugurishiga to'g'ri keldi, shu bois o'zini toliqqan has qildi.

U charchagani uchun almashtirildi. O'sha paytda yangi o'yinchi o'yinga tushishi lozim edi", – dedi Kristof Galte.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Goal.com