Galte 7:2 dan keyin: "Eng muhimi, biz pley-offga chiqdik"

Sherzod Nurmatov
26 okt 2022, 11:14
PSJ bosh murabbiyi Kristof Galte Chempionlar Ligasi doirasidagi "Makkabi"ga (7:2) qarshi o'yinni sarhisob qildi.

"Eng muhimi, biz pley-offga chiqdik, bu yaxshi. Ammo guruh bosqichi hali yakuniga etgani yo'q, biz "Yuventus"ga qarshi o'yinga birinchi o'rinni qo'lga kiritish niyatida maydonga tushamiz. O'zimizga qo'yiladigan talablarni pasaytirib, ikkinchi golni o'tkazib yuborganimizdan afsusdaman, lekin umuman olganda, jamoa ajoyib o'ynadi.

Dunyoning eng yaxshi jamoasimiz, deyish kamtarlik bo'lmasdi. Bu turnirda boshqa kuchli jamoalar ham bor.

Biroq hujumda ajoyib o'yinchilarimiz bor. Ularning maydonda o'zini namoyon qilishiga turtki beradigan o'yin tizimini topishimiz kerak edi. Bu uch futbolchining (Mbappe, Neymar va Messi – tahr.) mahoratini hamma biladi, biroq himoyadagi tetiklik bizga qarshi hujumga o'tish imkonini berishini ham tushunamiz. Futbolchilarimiz o'z jamoadoshlari uchun kurashayotganliklari ajoyib", – dedi Galte.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: RMC Sport