Galliani: "Donnarummani xarid qilish uchun "Real"ga yordam beryapman? Bu ahmoqlik"

Aslanov Jasurbek
14 iyun 2017
"Milan" sobiq vice-prezidenti Adriano Galliani "Real"ga "Milan" posboni Janluiji Donnarummani xarid qilish uchun yordam berayotgani borasidagi ma'lumotni rad etdi.

18 yoshli futbolchining klub bilan shartnomasi 2018 yilning yozida yakuniga etadi va dunyoning yetakchi klublari uni xarid qilmoqchi.

Matbuotda "Real" prezidenti Florentino Peres va futbolchining agenti Mino Rayola Galliani tufayli uchrashgani haqida ma'lumot paydo bo'ldi.

"Men 31 yil davomida "Milan" prezidenti bo'lganman va hozir o'zim ishlagan klub qiziqishlariga qarshi ish qilaman? Bu ahmoqlik" - deydi Galliani.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Corriere della Sera