Gallas: "Vengerning so'zlariga qo'shilmayman, Londonning bosh jamoasi - "Chelsi"

Aslanov Jasurbek
2 apr 2017
"Arsenal" sobiq himoyachisi Vilyam Gallas "to'pchilar" ustozi Arsen Vengerning so'zlariga qo'shilmaydi.

Oldinroq Venger "Arsenal"ni Londonning eng yirik klubi deb atagandi.

"Londonning bosh jamoasi - "Chelsi". Ular APLda yetakchi va chempionatda g'olib bo'lishga yaqin. Ko'klar to'rt marotaba APLda g'alabaga erishishdi, shu sababli ularni "Tottenxem", "Arsenal" bilan solishtirish kerak. "Chelsi" Londonning eng yaxshi jamoasi. Ular Chempionlar ligasida ham zafar quchishgan" - deydi Gallas.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: talkSPORT