"G'allakor" bu yil 10 yillik yubileyini nishonlaydi

Narzulla Saydullayev
17 fev 2014
Birinchi liganing doimiy ishtirokchilaridan biri bo'lgan G'allaorol tumanining "G'allakor" jamoasi bu yil O'zbekiston birinchi ligasida ishtirok etayotganiga 10 yil to'lishi munosabati bilan yubiley qilish niyatida.
Jamoaning tayyorgarligi haqida qisqacha to'xtaladigan bo'lsak, ayni paytda chempionatga hozirlik ishlari jiddiy suratda ketmoqda. Mashg'ulotlar klub qarorgohida o'tkazilmoqda. Yodingizda bo'lsa "G'allakor" o'tgan yili birinchi bosqichdayoq o'z ishtirokini to'xtishga majbur bo'lgandi. Keyinchalik esa yo'l qo'yilgan xatolardan to'g'ri xulosa chiqarib olgan jamoa a'zolari birinchi ligada qolish uchun o'tkazilgan pulka bahslarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, joriy yil ham yana birinchi ligada o'ynash huquqini qo'lga kiritgandi. Aytishlaricha rahbariyat bu yil jamoaning oldiga yuqori o'rinlarni egallashni vazifa qilib qo'ymoqda. Shunga monand tayyorgarlik ham avjida. Qolaversa bosh murabbiy postiga taniqli murabbiy olib kelinishi rejalashtirilgan. Bu masala yaqin kunlarda aniq bo'lishi aytilmoqda.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia