“G'allakor-Avtomobilchi” ketma-ket ikki o'yinda 7tadan gol o'tkazib yubordi

Narzulla Saydullayev
9 sen 2014
Birinchi ligada hamma narsa bo'lishi mumkin. PFLga joriy mavsum hisobidan badal pulini to'liq o'tkazib bermay kelayotgan “G'allakor-Avtomobilchi” jamoasining bugungi ahvoliga xavas qilib bo'lmaydi.
Jamoa moliyaviy qiyinchiliklar girdobida qolib ketdi. Buning oqibatida g'allaorolliklar yirik hisobda mag'lub bo'lishda davom etmoqda. Furqat O'rolov shogirdlari oxirgi ikki turda o'z darvozasidan 7tadan to'p o'tkazib yubordi. Yodingizda bo'lsa, ikkinchi bosqichning 2-turida bu jamoa Toshkentda “Oq-tepa” bilan o'yinda ham yirik hisobda mag'lub bo'lib, o'shanda 10ta gol o'tkazib yuborgandi. Ikkinchi bosqichning ortda qolgan jami 6ta bahsida “G'allakor-Avtombilchi” umumiy hisobda 25ta to'p o'tkazib yuborganini ko'rish mumkin. Bu har bir o'yinga o'rtacha 4tadan gol demakdir. Bundan ko'rinib turibdiki, jamoaning himoya va darvozasida muammolar etarlicha.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia