"Galatasaroy" safida 14 yoshli futbolchi debyut qildi

Narzulla Saydullayev
9 okt 2016
Bolgariyaning "Levski" klubiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida (2:0) "Galatasaroy" safida 14 yoshli futbolchi Mustafa Kapi maydonga tushdi.

U 89-daqiqada Sinan Gyumyush o'rniga maydonga tushdi.

"Galatasaroy" safida maydonga tushgan eng yosh futbolchi Maurisio Baldiveso hisoblanadi. U 2009 yilda 13 yoshida debyut qilgan.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: goal.com