"Galatasaroy" futbolchisi burger buyurtma qilgani uchun jamoadan chetlatildi

Omonjon To`xtamirzayev
1 noya 2023
Klub murabbiyi bir shart evaziga yarim himoyachini ortga qaytarmoqchi.

"Tottenhem"dan "Galatasaroy"ga ijaraga berilgan yarim himoyachi Tangi Ndombele ortiqcha vazn bilan bog'liq muammolar tufayli jamoadan chetlashtirildi.

Turk jamoasi Chempionlar ligasi guruh bosqichi 3-turidan o'rin olgan "Bavariya"ga qarshi o'yindan keyin (1:3) Ndombele yarim tun mehmonxonada burger, fri va kola buyurtma qilgan. Bundan xabar topgan murabbiy Okan Buruk futbolchining vazni 75 kilogrammga tushgunga qadar uni mashg'ulotlardan chetlashtirilganini ma'lum qilgan. Ayni damda Ndombelening vazni taxminan 82 kilogrammni tashkil etadi.

26 yoshli yarim himoyachi "Galatasaroy" safida 7 ta o'yinda maydonga tushib, samarali harakat amalga oshira olmadi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia