"Galatasaroy" Edersonning transferi bo'yicha "Man Siti" bilan rasmiy muzokaralarni boshladi

Alisher Ostonov
16 avg 2025
"Galatasaroy" "Manchester Siti" klubiga ilk rasmiy taklifini yubordi.

Turklar braziliyalik darvozabon Edersonni o'z safiga qo'shib olmoqchi. Bu haqda futbol insayderi Fabricio Romano xabar bermoqda.

Jurnalistning yozishicha, "Galatasaroy" darvozabon uchun 10 mln evro taklif qilmoqda. Manbalarga ko'ra, inglizlar bunday summaga rozi bo'lmaydi, chunki ular futbolchi uchun ko'proq pul olishni kutmoqda.

"Manchester Siti" Edersonning o'rniga PSJni tark etgan Janluiji Donnarummani sotib olishni rejalashtirmoqda. Italiyalik allaqachon Pep Gvardiolaning jamoasi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgan, uning maoshi yiliga 12 mln evrodan boshlanadi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano