"Galatasaroy" "Barselona" futbolchisini ijaraga oladi

Alisher
31 yanv 2022
"Barselona" darvozaboni Inyaki Penya faoliyatini Turkiya chempionatida davom ettiradi.

Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, 22 yoshli ispan "Galatasaroy" bilan ijara kelishuvini imzolash uchun Istanbulga bordi.

"Galatasaroy"ga shuningdek "Fiorentina" yarim himoyachisi Erik Pulgar o'tadi.

Penya joriy mavsum "Barselona"ning ikkinchi jamoasida 9ta o'tkazib, o'z darvozasidan 8ta to'p olib chiqdi va 4ta "quruq" o'yin o'tkazdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano