“Galatasaroy” £ 4 millionga futbolchi sotib oldi

Aslanov Jasurbek
15 avg 2017
Turkiyaning “Galatasaroy” klubi Londonning “Vest Xem Yunayted” jamoasi yarim himoyachisi Sofyan Fegulini sotib oldi.

27 yoshli futbolchi Istanbul jamoasi bilan 5 yilga mo'ljallangan shartnomaga imzo chekdi. Bu ma'lumotni “Galatasaroy” klubi rasmiy sayti ham tasdiqladi. Fegulining transfer summasi 4 mln funt sterlingni tashkil qildi.

Eslatib o'tamiz, Feguli o'tgan yilning yozida “Vest Xem”ga ozod agent maqomida o'tgan edi. Futbolchi o'tgan mavsum “bolg'achilar” tarkibida Angliya chempionatida 21 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol kiritgan va shuncha golga hammualliflik qilgandi. 




Aslanov JasurbekMuallif
Manba: