“Galatasaroy” Astori bilan muzokaralarni boshladi

Tolibjon Qosimov
30 yanv 2014
“Galatasaroy” rahbariyati “Kalyari” himoyachisi Davide Astori bilan muzokara olib borishni boshladi, deb xabar beradi La Gazzetta dello Sport muxbiri Tankredi Palmeri o'z tvitterida.

Avval berilgan xabarlarda futbolchiga “Zenit” klubi ham qiziqayotgani aytilgan edi.

Ushbu mavsumda Astori “Kalyari” tarkibida 19 ta o'yin o'tkazgan.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru