

Jurnalist Fabricio Romanoning xabar berishicha, niderlandiyalik vinger ingliz klubi bilan 6 yillik shartnoma imzolaydi.
"Liverpul" va PSV transfer summasini kelishib olgan. Futbolchi uchun bonuslarni hisobga olmaganda 37 million funt to'lanadi.
Kecha PSV Gakpo transferi bo'yicha "Liverpul" bilan kelishuvga erishganini e'lon qildi.
Gakpo ushbu mavsum PSV safida 24 ta o'yinda 13 ta gol urdi va 17 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning hisobida JCH-2022da 5 ta o'yinda 3 ta gol bor.



