Gael Klishi: "Manchester Siti" bemalol Angliya chempioni bo'la oladi"

Tolibjon Qosimov
11 sen 2013
"Manchester Siti" himoyachisi Gael Klishining fikricha uning jamoasi ushbu mavsumda bemalol Angliya chempionatida g'olib bo'la oladi.
"Bizning safimizga ko'plab yangi futbolchilar va yangi murabbiy kelib qo'shilishdi. Shunday bo'lsada biz bu mavsumda bemalol Angliya chempioniga aylana olamiz. Buning uchun bizda hamma narsa etarli. Ruxiy jihatdan ham jamoa bunga tayyor. Maqsadga erishish uchun barcha futbolchilar qo'ldan kelgan barcha ishni qilishadi", dedi Klishi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru