Gabriel "Arsenal" uchun tibbiy ko'rikdan o'tdi. Klub himoyachi uchun "Lill"ga 30 million evro to'laydi

Alisher
22 avg 2020, 18:24
"Lill" himoyachisi Gabriel Magalyaes tez orada "Arsenal" futbolchisiga aylanadi.

22 yoshli futbolchi "to'pchilar" uchun tibbiy ko'rikdan o'tib bo'ldi. Bu haqda The Times nashri xabar bermoqda.

Braziliyalik futbolchi uchun 27 million funt (30 million evro atrofida) to'lanadi. Gabriel klub bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi.

Futbolchi yakunlangan mavsum barcha musobaqalarda 6ta o'yinda maydon tushdi.


AlisherMuallif
Manba: The Times