Futzalchilarimiz Kosta-Rikaga qarshi bahs oldidan mashg'ulot o'tkazdi

Alisher
26 avg 2021
Xabaringiz bor, O'zbekiston futzal terma jamoasi Ispaniyadagi yig'inni yakunlab, Portugaliyada mashg'ulotlarni davom ettirmoqda.

Bahodir Ahmedov shogirdlari Portu shahridagi o'quv-mashg'ulot yig'ini mobaynida Portugaliya, Kosta-Rika va Angola futzal terma jamoalari bilan o'rtoqlik o'yinlari o'tkazadi.

Bugun futzalchilarimiz Kosta-Rika terma jamoasi bilan bahs olib boradi. KONKAKAF vakillariga qarshi uchrashuv O'zbekiston vaqti bilan soat 20.30 da start oladi.


AlisherMuallif
Manba: ufa.uz