Futzal. Qozog'istondagi hamyurtlarimiz gol urishda davom etishmoqda

Narzulla Saydullayev
18 noya 2013, 08:25
Futzal bo'yicha Qozog'iston chempionatida 3-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.
Unda terma jamoamizning bir yo'la uch nafar a'zosi to'p tepayotgan "SKA-Yug" klubi safarda "Akjayik" jamoasidan yirik 6:3 hisobida ustun keldi. E'tiborlisi, g'olib jamoa tarkibida hamyurtimiz Farhod Abdumavlonov dublga erishdi. O'tgan turda Farhod xet-trik qayd etgandi. Terma jamoamizning yana uch futzalchisi o'ynayotgan "OzenMunayGaz" bu safar o'z maydonida SSKA klubini 5:1 hisobida dog'da qoldirdi.  Shuhrat Tojiboev va Nodir Eliboev o'z hisoblariga bittadan gol yozib, "gazchilar"ning g'alabasiga munosib xissa qo'shishdi.
3-tur, 2-kun

Akjayik - SKA-Yug 3:6 (1:1)
 Gollar:
Esenbaev 12, 40, Davletov 25-penalti - Muxamediyarov 13, Kenjegulov 21, 38, Smakov 25, Farhod Abdumavlonov 34, 35
 Hakamlar: Kosmuxambetov (Kostanay), Borisov (Rudnyy)
 17.11.2013. Uralsk. OSHVSM. 50 tomoshabin.

OzenMunayGaz - SSKA 5:1 (4:0)
 Gollar
: Kenjebaev 7, Shuhrat Tojiboev 11, Eshanov 13, Arslanov 13, Nodir Eliboev 25 - Baymaxanbetov 37
 Hakamlar: Strelkov (Taraz), Salimov (Astana)
 17.11.2013. Janaozen. Energetik. 300 tomoshabin.

Ushkin-Iskra - Oyat 2:2 (1:0)
Gollar:
Abdrasilov 8, Eroxnovich 39 - Strenev 31, Anderson 36
Chetlatish: Smolin 38 (Oyat, ikkinchi ogohlantirish)
Hakamlar: Burmistrov, A. Abbasov (ikkisi ham Olma-Otadan
17.11.2013. Astana. Alatau. 200 tomoshabin.


Turnir jadvali

1 Ayat (Rudniy)                         6 4 2 0  38 - 13  14
2 Tulpar (Qarag'anda)               4 4 0 0  41 - 4  12
3 Kayrat (Olma ota)                 4 4 0 0  33 - 8  12
4 SKA-Yug (Taraz)                    6 4 0 2  30 - 23  12
5 OzenMunayGaz (Janaozen)    6 3 1 2  27 - 20  10
6 Ushkyn-Iskra (Ostona)         6 1 1 4  15 - 19  4
7 SSKA (Olma ota)                     6 0 0 6  10 - 53  0
8 Akjayik (Uralsk)               6 0 0 6  9 - 63  0


Kamoliddin ALIMOV

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia