Futzal. O'zbekiston terma jamoasi Rossiya bilan ikkita o'rtoqlik o'yini o'tkazadi

Aslanov Jasurbek
3 dek 2025
O'zbekiston futzal terma jamoasi Osiyo Kubogi-2026ga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

O'zbekiston milliy terma jamoasi dekabr oyidagi FIFA kunlaridan unumli foydalanib, jahonning eng kuchli futzal jamoalaridan biri - dunyo reytingida 5-o'rindan joy olgan Rossiya terma jamoasiga qarshi ikkita xalqaro o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.


Tomonlarning kelishuviga ko'ra, har ikki bahs ham qadimiy va navqiron Buxoro shahridagi “Universal” sport majmuasida bo'lib o'tadi.


O'zbekiston – Rossiya xalqaro o'rtoqlik uchrashuvlari:

19 va 21 dekabr

Soat 17:00

Kirish bepul


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: