Futzal. O'zbekiston kubogi finali 22 aprelda bo'lib o'tadi

Narzulla Saydullayev
19 apr 2015
Futzal bo'yicha 2014-2015 yilgi mavsum yakuniy pallasiga kirib bormoqda.
O'zbekiston chempionatining chorak final o'yinlari ortda qoldi. Oldinda yarim final va sovrinli o'rinlarni aniqlab beruvchi o'yinlar qoldi.

O'zbekiston kubogida esa faqatgina hal qiluvchi final bellashuvi qolgan. Bu mavsumdagi kubok finali 22 aprel sanasida bo'lib o'tadi. Unda Toshkentning "Ardus" hamda Toshkent viloyatining "Olmaliq" jamoalari o'zaro kurash olib boradilar. Uchrashuv "O'zbekiston" sport majmuasida o'tkaziladi, o'yin 18:00 da boshlanadi.

O'zbekiston kubogi
Final, 22.04.2015
"O'zbekiston" sport majmuasi
"Ardus" - "Olmaliq"

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia