

OAV hodimlarini akkreditatsiyadan o'tkazish jarayoni 25 oktyabr kuni boshlanadi.
Osiyo chempionati saralash bahslariga akkreditatsiyadan o'tishni istagan OAV hodimlari 2 noyabr kunigacha akkreditatsiya zayavkasini O'FF matbuot xizmati elektron pochtasiga (media@the-uff.com) jo'natishlari kerak.
Ma'lumot o'rnida, Toshkent shahri mezbonlik qiladigan futzal bo'yicha OCH saralash A guruhi o'yinlarida O'zbekiston terma jamoasi Turkmaniston, Qirg'iziston hamda Tojikiston terma jamoalari bilan bahs olib boradi.
Saralash o'yinlari Toshkentdagi O'zbekiston sport majmuasida bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, 2012 yilgi Osiyo chempionati bahslari BAA mamlakatida o'tkazilgan va unda Yaponiya terma jamoasi g'oliblikni qo'lga kiritgan edi. O'zbekiston terma jamoasi BAAdagi musobaqada chorak final bosqichida o'ynagan edi.
Quyida 5-7 noyabr kunlari Toshkent shahrida bo'lib o'tadigan saralash o'yinlari taqvimi keltirilgan.
OCH saralash (Markaziy Osiyo mintaqasi)
A guruhi.
5 noyabr
16:00. Kirg'izston – Tojikiston
18:00. O'zbekiston – Turkmeniston
6 noyabr
16:00. Turkmaniston – Qirg'iziston
18:00. Tojikiston – O'zbekiston
16:00. Tojikiston – Turkmaniston
18:00. O'zbekiston – Qirg'izston



