"Temiryo'lchilar" musobaqada munosib ishtirok etish maqsadida o'z saflariga bir qator yangi futzalchilarni jalb qilishdi. Ulardan biri Ozarbayjonlik Vitaliy Borisov, "Lokomotiv" a'zosiga aylangan legioner haqida imkon qadar ma'lumot berishga harakat qilamiz.
Vitaliy Borisov 1982 yilning 5 iyulida Bokuda tug'ilgan. Futzal bo'yicha Ozarbayjon terma jamoasi sardori, shuningdek, plyaj futbolida ham faoliyat olib boradi.
Futzalchi faoliyatining asosiy qismini Ozarbayjonning ko'p karra chempioni Naxichevanning "Araz" klubida o'tkazgan. Bundan tashqari, legioner bo'lib ham o'ynagan. U 2007 yili "Dina" (Moskva) bilan shartnoma imzolagan va yarim yil ijara asosida Moskva shahri jamoasi tarkibida harakat qilgan. Ma'lumot uchun "Dina" Rossiyaning eng sovrindor mini futbol jamoasi hisoblanadi.
U Ozarbayjon chempionati va kubogining ko'p karra g'olibi, 2010 yilgi Yevropa chempionatining yarim finalchisi va 2009-2010 yilgi UEFA kubogining bronza medali sohibi hisoblanadi. Shuningdek, UEFA rahnamoligi ostida o'tkaziladigan musobaqalarda "Araz" tarkibida eng ko'p gol urgan - 30 ta.
2001 yildan to hozirgi kunga qadar Ozarbayjon mini futbol terma jamoasi a'zosi, 2009 yildan esa Ozarbayjon plyaj futboli terma jamoasi a'zosi.
2008 yilning aprelida "Dina" jamoasiga bag'ishlangan hujjatli filmda suratga tushgan.
Ismi: Vitaliy Yurevich Borisov
Harakatlanadigan chizig'i: Hujumchi
Tug'ilgan sanasi: 05.07.1982
Mamlakat: Ozarbayjon
Raqami: 14
Bo'yi: 171 sm
Vazni: 65 kg
Yutuqlari
Ozarbayjon chempioni: 2002 ("Tribut"), 2004, 2006, 2007 ("Araz")
Ozarbayjon chempionati kumush medal sohibi: 2001 ("Tribut")
Ozarbayjon chempionati bronza medal sohibi: 2000 ("Angloyl"), 2005 (Asfarma)
Ozarbayjon kubogi sohibi: 2004, 2006, 2007 ("Araz")
Tolibjon Qosimov tayyorladi