Futzal. Kosta-Rika terma jamoasi Toshkentga yetib keldi

Omonjon To`xtamirzayev
10 sen 2024
Yurtimiz mezbonlik qiladigan futzal bo'yicha Jahon chempionati ishtirokchi terma jamoalarining musobaqaga tashrifi davom etmoqda.

Bugun, 10 sentyabr kuni Kosta-Rika milliy terma jamoasi Toshkentga yetib keldi.

O'FA va mahalliy tashkiliy qo'mita vakillari Kosta-Rika milliy terma jamoasi delegaciyani kutib oldi hamda odatga ko'ra mehmonlarga esdalik sovg'asi sifatida milliy do'ppimiz sovg'a qilindi.

Eslatib o'tamiz, Kosta-Rika "A" guruhidan o'rin olgan bo'lib, 3-turda O'zbekiston futzal milliy terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv 20 sentyabr soat 20:00da "Humo Arena"da start oladi.

 




Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: UFA