Futzal: Klublar o'rtasidagi Osiyo Chempionati ishtirokchilari soni kengaytiriladi

Narzulla Saydullayev
3 iyun 2014
Futzal bo'yicha klublar o'rtasida Osiyo Chempionati ishtirokchilari soni 2015 yilgi musobaqadan boshlab 12tani tashkil etadi.
Bu haqdagi qarorni OFK Futzal Qo'mitasi e'lon qildi.

Qo'mita tasdiqlagan yangi qarorga ko'ra, futzal bo'yicha klublar o'rtasidagi Osiyo Chempionati bahslari avvalgidek har ikki yilda emas, balki har yili o'tkazilishi belgilandi. Osiyo Chempionati final bosqichi ishtirokchilari soni ham 8tadan 12taga kengaytirildi. Mazkur o'zgarishlar 2015 yilgi musobaqadan boshlab kuchga kirishi tasdiqlandi.

Eslatib o'tamiz, futzal bo'yicha klublar o'rtasidagi 2014 yilgi Osiyo Chempionati bahslari shu yilning 25-30 avgust kunlari Xitoyning Chendju shahrida bo'lib o'tadi. Maxkur Osiyo Chempiontida Toshkentning Lokomotiv klubi O'zbekiston sharafini himoya qiladi. Qur'a natijalariga ko'ra, Lokomotiv musobaqaning A guruhida Xitoyning Shenchjen Nanling, Yaponiyaning Nagoya Oushens va Avstraliyaning Vik Vaypers klublariga qarshi bahs olib boradi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com