Futzal. JCHdan oldin Toshkentda Mirabror Usmonov xotira turniri o'tkaziladi

Aslanov Jasurbek
4 iyul 2024
Joriy yilning sentyabr-oktyabr oylarida futzal bo'yicha jahon chempionati o'tkaziladi.

O'zbekiston futbol associaciyasi bergan ma'lumotlarga ko'ra, O'zbekistonda o'tkaziladigan futzal bo'yicha JCHga munosib tayyorgarlik ko'rish maqsadida O'FA Mirabror Zufarovich Usmonov xotirasiga bag'ishlab, futzal bo'yicha xalqaro turnir tashkil etadi. Unda O'zbekiston, Tojikiston, Qirg'iz Respublikasi va Gvatemala futzal terma jamoalari ishtirok etadi.

Musobaqa 19-24 iyul kunlari Toshkentdagi "Yunusobod" sport majmuasida o'tkaziladi.

O'zbekiston futzal terma jamoasining o'yinlari:

19 iyul

O'zbekiston - Tojikiston

20 iyul

O'zbekiston - Qirg'iz Respublikasi


22 iyul

O'zbekiston - Gvatemala



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia